Varan "Real"ning mavsumoldi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlari haqida: Zidan xotirjam, u nima qilishni biladi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan jamoasining mavsumoldi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlaridan jiddiy havotirlarga hojat yo‘qligini aytmoqda.
“Muxlislarning taxminlarini tushunaman. Ammo, ularni ishontirib aytishim mumkinki, biz jismoniy va taktik jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Biz xotirjam bo‘lishimiz va ishonishimiz kerak. Biz xatolarni to‘g‘rilaymiz. “Real” 2017 yilgi mavsum oldidan ham xuddi shunday natijalar qayd etgan edi. Ammo, yakunda bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Biz mavsum boshlangunicha tayyor bo‘lamiz. Zidan havotirda deb o‘ylamayman. Bu esa bizni tinchlantiradi. U nima qilish kerakligini biladi”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” hozircha o‘tkazgan 4ta o‘rtoqlik uchrashuvidan 3tasida mag‘lub bo‘ldi. Madridliklar mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 18 avgust kuni safarda “Selta”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar