
Vattsadze va Hasanovning gollari "Qizilqum"ga g‘alaba keltirdi
Superligada yuzaga kelgan tannaffusdan unumli foydalangan holda “Qizilqum” safarda Muborakning “Mash’al” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Murosasiz kechgan ushbu o‘yinda navoiyliklar 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Gollarga Mate Vattsadze (31) va Jamshid Hasanov (82) mualliflik qilishdi. Mezbonlar safida esa Jamolliddin Ubaydullaev (88) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Oleg Tolmasov, Salim Mustafoev, Muhsinjon Ubaydullaev, Erkin Boydullaev, Giorgi Kuxianidze, Mirjalol Qosimov, Islom Kenjaboev, Elguja Grigalashvili, Mate Vattsadze.
Zaxirada: Artyom Makosin, Ahror Umarjonov, Timur Nabiev, Behruz Sa’dulloev, Fayzullo Qambarov, Shamsiddin Sagdulloev, Ilhomjon Kenjaev, Jamshid Hasanov, Azizbek Usmonov.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing 17-turida “Mash’al” 9 sentyabrda o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qilsa, “Qizilqum” klubi 11 sentyabr kuni Navoiyda “Lokomotiv” bilan kuch sinashadi.
Fikrlar