Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Vaziyat chatoq! Arbeloa “Real”da tezkor yig‘ilish o‘tkazdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Echim qanday bo‘ladi?

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Ligadagi ikkita ketma-ket mag‘lubiyatdan so‘ng avvalo jamoa sardorlari, so‘ngra butun jamoa va murabbiylar shtabi bilan tezkor majlis o‘tkazdi.

Bu haqida COPE xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis yig‘ilishda jamoadan “mavsumning hal qiluvchi bosqichida qo‘shimcha kuch sarflashni” so‘ragan. Ta’kidlanishicha, “Qirollik klubi” futbolchilari “vaziyat qanchalik beqaror ekanini anglab turishsa-da, muvaffaqiyatli yakunga umidni yo‘qotishmayapti”.

2 mart, dushanba kuni Arbeloa jamoasi La Liganing 26-turida “Xetafe”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 21 fevral, shanba kuni esa “Real” musobaqaning 25-turida “Osasuna”ga 1:2 hisobida yutqazgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q