Asosiy mazmunga oʻtish

Velosport tarixida kam uchraydigan hodisa sodir bo‘ldi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Ispaniyalik sportchini ari chaqib oldi

UAE Team Emirates – XRG jamoasi a’zosi, ispaniyalik Xuan Ayuso "Jiro d’Italiya"dagi ishtirokini ari chaqqanidan keyin to‘xtatdi.

Hodisa chorshanba kuni 17-bosqichda sodir bo‘lgan, poyga paytida hasharot sportchi bosh kiyimiga uchib kirgan.

Sportchining yuzi shishib, o‘ng ko‘zi deyarli ko‘rmay qoldi. Avvalroq, Ayuso "Jiro"ning 7-bosqichida g‘alaba qozonib, umumjamoa hisobida peshqadamlar safida borayotgan edi. Biroq, 9-bosqichda u yiqilish natijasida tizzasidan jarohat oldi va keyingi bosqichlarda o‘z pozitsiyasini yo‘qota boshladi.

"Bu kunlar og‘ir, haqiqatan ham omadsiz o‘tdi," - deya vaziyatni baholadi Ayuso.

Xalimova Nozima

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q