Velosport. “Tashkent City Women Professional Cycling Team” klubi Avstraliyadagi musobaqada ishtirok etadi
Vakillarimix "yashil qit’a"ga yo‘l olishdi.
Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi asosini tashkil etuvchi “Tashkent City Women Professional Cycling Team” klubi Avstraliyaga yo‘l oldi. 6 nafar sportchidan iborat jamoamiz “yashil qit’a”da 5 fevralgacha o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini, 3 ta xalqaro musobaqa va Jahon kubogi bosqichida ishtirok etadi.
Turnirlardan birinchisi 12-14 yanvar kunlari o‘tadigan “Santos Tour Down Under Women’s World Tour” musobaqasi bo‘lib, unda dunyoning etakchi jamoalari ishtirok etadi. Avstraliyaga quyidagi sportchilarimiz yo‘l oldi:
Olga Zabelinskaya
Yanina Kuskova
Margarita Misyurina
Nafosat Kozieva
Sofiya Karimova
Madina Qahhorova


Izohlar (0)