Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida navbatdagi medalga sazovor bo'lishdi

Saudiya Arabistonida o'tayotgan veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatida yana bir medalni qo'lga kiritdik.

Ayollar o'rtasida kechgan guruh poygasi dasturida Nafosat Kozieva kumush medalni qo'lga kiritdi. 109,2 km masofaga kechgan poygada sportchimiz marra chizig'ini ikkinchi bo'lib kesib o'tdi.

Qayd etish joiz, ushbu poygada hamyurtlarimizdan Yanina Kuskova 4-natijani ko'rsatdi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!