Velosportchilarimiz “Tour of Antalya” musobaqasini ajoyib natija bilan yakunladi

  • 16.03.2026 05:57
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Velosport

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari “Tour of Antalya” ko‘pkunlik musobaqasining so‘nggi kunini ham muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. 142.5 km masofaga kechgan oxirgi bosqich hamyurtlarimiz uchun omadli o‘tdi. 

Shiddatli bellashuvda Sergey Rostovsev marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tgan bo‘lsa, boshqa bir poygachimiz Nikita Svetkov uchinchi natijani qayd etdi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!