Vengriya va Ukraina futbolchilari janjallashdi

  • 26.09.2026 08:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Vengriya va Ukraina terma jamoalari futbolchilari Millatlar ligasi guruh bosqichi 1-turi yakunida janjallashib ketdi. Uchrashuv Vengriyaning Budapeşt shahridagi «Pushkaş Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni avstraliyalik bosh hakam Jarred Jillett boshqardi. Ukraina terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qo‘zondi.

Mehmonlarga g‘alaba keltirgan yagona gol 42 daqiqada kiritildi.

90+2-daqiqada Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Nazarenko vengriyalik futbolchiga nisbatan qo‘pol fol ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi. Shundan so‘ng futbolchilar o‘rtasida janjal kelib chiqdi, tribunlardan esa maydonga turli buyumlar otildi.

Guruh bosqichining 2-turida Vengriya 28 sentabr kuni Shimoliy Irlandiyaga qarshi, Ukraina esa shu kuni Gruziyaga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!