"Verder" Bundesligadagi o‘rnini saqlab qoldi
Germaniya Bundesligasida "Verder" va "Xaydenxaym" jamoalari o‘rtasida o‘tish o‘yinining javob bahsi bo‘lib o‘tdi.
Bremendagi dastlabki o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, javob bahsida 2:2 hisobi qayd etildi. Natijada, ikki o‘yin yakuniga ko‘ra “Verder” Bundesligada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, “Verder” joriy mavsum Bundesligada 16-o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar