Verner Londonga qaytishi mumkin

  • 18 noyabr, 2023, 23:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Leyptsig" a’zosi Timo Verner jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Unga bir nechta APL klublari qiziqish bildirmoqda. 

"90 MIN" nashri xabar berishicha, Londonning "Fulxem" jamoasi hujumchini kuzatib bormoqda. Klub uni qishki transferlar oynasida ijaraga olishni rejalashtirgan. Vernerni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istayotganlar orasida "Kristal Pelas" ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Timo 2020-2022 yillar oralig‘ida "Chelsi"da o‘ynagan. 2022 yilda esa "Leyptsig" uni ortga qaytardi. Futbolchi ushbu mavsum jamoasi tarkibida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!