Verstappen 24 soatlik poygada ishtirokini yakunladi

  • 17.05.2026 17:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Verstappen Racing jamoasi matbuot xizmati "24 soat Nyurburgring" poygasida ishtirokini yakunlaganini e’lon qildi. Formula-1'ning 4 karra jahon chempioni 24 soatlik chidamlilik poygasida o‘zining debyutini o‘tkazdi va poyganing katta qismida liderlik qildi.

“Poyga biz uchun erta tugadi. Juda achinarli mag‘lubiyat. Poygada peshqadamlik qilayotgan mashinamizning yetakchi vali buzilib, g‘oliblik uchun kurashdan mahrum bo‘ldi. Dam olish kunlari davomida qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz", - deyiladi jamoaning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Mashinada muammo paydo bo‘lganda 35 yoshli ispaniyalik poygachi Daniel Hunkadelya rulda bo‘lgan. unga qadar Verstappen Racing ekipaji 80-raqamli “Mersedes” ekipajidan 30 soniya oldinda edi.

Maks Verstappen va Hunkadelya bilan ekipajda yanvar oyida GTD hisobida "24 soatlik Daytona"da g‘olib chiqqan Lukas Auer, "12 soatlik Batterst"ning uch karra g‘olibi J’yul Gunon ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!