"Vest Xem" Raysni qanchaga sotmoqchi?

  • 16 iyun, 2023, 23:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Vest Xem" futbolchisi Deklan Rays uchun bir qator klublar kurash olib bormoqda. Klub yarim himoyachiga "Arsenal"dan kelgan ilk taklifni rad qildi. Uning o‘zi avvalroq jamoani tark etishni istayotganini aytgandi. 

"Sky Sports" nashri xabar berishicha, "bolg‘achilar" 24 yoshli ingliz transferidan 120 funt ishlab olmoqchi. "Kanonirlar" esa tez orada 100 million funtlik taklif bilan chiqmoqchi. 

Mish-mishlarga ko‘ra, Raysni sotib olishni istayotgan klublar orasida "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" bor. Shuningdek,  "Bavariya" ham kurashga qo‘shilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!