
"Vest Xem" va MYu bir futbolchi uchun kurashadi
Angliyaning ikki klubi "Vest Xem" va "Manchester Yunayted" yozgi transfer mavsumida bir futbolchini sotib olish uchun kurashadi.
The Sun nashri xabariga ko‘ra, ikki ingliz klubi PSV hujumchisi Irving Losanoga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq "qizil iblislar" Losano transferini 45 million evroga baholagan edi. Endilikda "Vest Xem" rahbariyati ham ushbu futbolchini sotib olish istagida bo‘lib turibdi.
Meksikalik forvardning o‘zi ham faoliyatini APLda davom ettirish istagida ekanligini yashirmagan.
Fikrlar