VI Islom birdamlik o‘yinlari. Yana bir bokschimiz yarim finalda!
Xabaringiz bor, 7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik o‘yinlari kompleks musobaqalariga mezbonlik qiladi.
Musobaqaning boks bahslari doirasida bugun, 3 nafar bokschi qizlarimizning janglari o‘rin olgandi. Ular chorak finaldan yurishlarini davom etmoqda.
Vakilamiz Xumorabonu Mamajonova -57 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, pokistonlik Laura Akramni 5:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Mohira Ahmedova va jazoirlik Chaib Ichrak to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar