VI Islom birdamlik o‘yinlarining muaytay bahslari start olmoqda

Xabaringiz bor Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamlik o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun musobaqa ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muaytaychilarimiz ertaga mazkur nufuzli xalqaro musobaqada ishtiroklarini boshlashadi.

Abduxoliqova Shoira  –50kg
Mamurova Aziza  –55kg
Xushvaqtova Bahora  –60kg
Dilmurodova Sevara –65kg
Salomov Xasan –60kg
Muxitdinov Joxongir –65kg

Bu haqda O‘zbekiston muaytay assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!