Vidalni yana Bundesligaga qaytarishmoqchi
Dortmundning "Borussiya" klubi "Barselona"ning chililik xavbeki Arturo Vidalni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.
“Vidalga Italiyadan qiziqishlar bo‘layotgani haqida eshitdim. Unga shuningdek “Borussiya”dan ham qiziqish bor. Lekin, hozircha hech qanday aniq bir gap yo‘q”, - deydi Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Reynaldo Rueda.
Bundan avvalroq esa Vidalga "Inter", "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" xaridor bo‘layogani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aytish kerakki, Vidal uchun Bundesliga begona emas. U faoliyati davomida “Bayer” va “Bavariya” kabi nemis jamoalarida o‘ynagan.
32 yoshli Arturo joriy mavsum “Barselona” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar