VIDEO. "Al-Nassr" muhim g‘alabaga erishdi. Masharipovdan assist!

Saudiya Arabistoni chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Al-Nassr" va "Al-Shabab" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari 4:2 hisobida g‘alba qozondi.

Riyodliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Jalolidddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Hamyurtimiz jamoasining ilk goligi assistentlik qildi. Masharipovning burchak to‘pidan uzatgan to‘pini jamoadoshi boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

masha

Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 51 taga etkazib, vaqtincha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!