
Vieyra faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
“Nitstsa” klubi bosh murabbiyi Patrik Vieyra faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 43 yoshli frantsiyalik mutaxassisning xizmatlariga angliyalik futbol yulduzi Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan “Inter Mayami” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Biroq, AQSh jamoasi Vieyrani qo‘lga kiritish uchun “Nitstsa”ga shartnomada ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lashi kerak.
Ma’lumot uchun, Patrik Vieyra 2018 yilning iyunidan buyon “Nitstsa”ni boshqarib kelmoqda. Jamoa uning qo‘l ostida joriy mavsum bor yo‘g‘i 15-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar