Viktor Font: "Messini ortga qaytarmagan bo‘lardim"

  • 19.11.2025 18:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" prezidentligi uchun kurashayotgan Viktor Font Messi masalasida va’da berdi.

"Messining qaytishi "Barselona" muxlisi sifatida meni cho‘chitadi. Ko‘rinib turibdiki, hamma narsa unga bog‘liq. Men uni jamoaga qaytarmagan bo‘lardim. Menimcha, Laporta bir necha marta shunday qilgan va bu xato qaror edi. Men Messidan foydalanmoqchi emasman. Lekin saylovda g‘alaba qozonganimdan keyin unga qo‘ng‘iroq qilaman. Bu mening birinchi qo‘ng‘irog‘im bo‘ladi. Bizning vazifamiz klub kelajagiga hissa qo‘sha oladiganlarni bir jamoaga yig‘ish", - dedi Font.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2021 yilda "Barselona"ni tark etgan edi. Kataloniyaliklar moliyaviy muammolar sabab argentinalik futbolchi bilan shartnomani uzaytira olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!