Viktor Kumikov “Dinamo” nimaning evaziga g‘alaba qozonganini aytdi

  • 16.10.2017 18:52
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol

«Dinamo» - «Olmaliq» (1:0) uchrashuvidan keyin dastlab mehmonlar ustozi Viktor Kumikov o‘yin borasida to‘xtaldi. Bu haqda “Dinamo” rasmiy sayti xabar bermoqda.

- So‘nggi o‘yinlarda natijamiz yaxshi bo‘lmayapti, qanaqadir qora chiziqdan chiqa olmayapmiz. Juda ko‘p imkoniyatlar yaratayapmiz, ammo imkoniyatdan foydalana olmayapmiz. O‘tgan turda «Neftchi» bilan o‘yinda ham 4 ta yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadik, bugun ham yaxshi imkoniyatlarni golga aylantira olmadik. Gol urmaganingdan keyin hattoki durangdan ham umid qilish qiyin. Shu bois bugun haqoniy mag‘lub bo‘ldik. Vaziyatlardan foydalana olmayapmiz.

«Neftchi» yarim yildan buyon g‘alaba qozona olmayotgandi, o‘tgan turda bizni mag‘lub etdi. Xuddi shunday «Dinamo» ham yarim yil o‘tib, aynan bizni mag‘lub etdi. Xatolar ustida ishlab, vaziyatni o‘zgartirishimiz shart. «Dinamo» saviya borasida bizdan kuchli bo‘lmasada, ular ishtiyoq, kurashuvchanlik evaziga bizni mag‘lub etishdi deb o‘ylayman, - deydi Viktor Balyutovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!