Viktor Kumikov: "Erkinov nafaqat o‘zi uchun, balki jamoadoshlari uchun ham imkoniyatlar yaratdi"

  • 27.03.2022 19:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon” – “Aral Samali” (4:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

- Viktor Balyutovich, uchrashuv borasida fikringiz qanday?

- Oldingi mag‘lubiyatdan keyin bugungi o‘yingacha ruhiy holatimiz yaxshi emasdi. O‘yinimiz o‘xshadi, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Balki gol urmagan imkoniyatlarimizdan keyingi safar foydalanarmiz. Bizda yangi o‘yinchilar bor, ularni tushunishi uchun biroz vaqt kerak. O‘yindan-o‘yinga yaxshilanib ketadi.

- “Aral Samali” “Andijon” uchun qulay raqibmi?

- Jamoa yomon emas. Faqat etakchilari yo‘q. Jismoniy tomondan ham oqsadi. Ammo harakat qilishdi. Ayniqsa, 19-raqamli futbolchisi yaxshi taassurot qoldirdi. Lekin o‘z maydonida yaxshi o‘ynashadi, chunki sun’iy maydondan foydalanishadi. Ular shu holatga moslashgan. Umuman olganda, jamoasi yaxshi. “Aral” bilan ularning maydonida to‘p surish qiyin bo‘ladi.

- Shahboz Erkinov bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bunga qanday qaraysiz?

- U tajribali o‘yinchi. Qanday o‘ynash kerakligini yaxshi biladi. O‘zi uchun vaziyatlarni yaratdi, harakat qildi va bugun ikkita gol urdi. Nafaqat o‘zi uchun, balki boshqalar uchun ham imkoniyatlarni yaratdi.  

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!