Viktoriya Azarenko uchun “Australian Open – 2018” orzu bo‘lib qoladi
Belaruslik Viktoriya Azarenko “Australian Open – 2018” musobaqasida o‘ynamaydi.
Bunga sabab, Viktoriya turmush o‘rtog‘i bilan farzandi Leoni kimda qolishi bo‘yicha sud ishi davom etayotganidir.
Musobaqa tashkilotchilari Viktoriya Azarenkoga turnirning asosiy to‘r bahslarida ishtirok etish huquqini beruvchi “Wild card”ni berishgan edi. Endi ular Vika turnirda ishtirok etmasligi bois “Wild card”ni avstraliyalik Ayla Tomlyanovichga taqdim etishadi.

Fikrlar