"Vilyarreal" Alkaser transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Pako Alkaser katta ehtimol bilan faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettiradi.

AS nashri xabariga ko‘ra, tomonlar futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Yaqin vaqtlar ichida e’lon qilinishi kutilayotgan xarid ispaniyaliklar uchun 23 million evroga tushgan.

Alkaser "Borussiya"ga 2018-yil yozida "Barselona"dan ijara asosida kelib qo‘shilgan va "asalarilar" uni o‘tgan yil yozida to‘laqonli sotib olishgan edi.

Joriy mavsumda futbolchi Bundesliga o‘yinlarida 11 ta o‘yinda 5 gol va 1 ta gollik uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!