"Vilyarreal" ustozi "Valensiya"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng: Natija adolatsiz bo‘ldi

  • 12.04.2019 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Vilyarreal” klubi bosh murabbiyi Xaver Kalexa kecha “Valensiya”ga (1:3) qarshi bo‘lib o‘tgan Evropa ligasi chorak final dastlabki bahsidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz 75-daqiqagacha juda yaxshi o‘ynadik, to‘pni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik. Uchrashuvning so‘nggi choragida tempni biroz tushirib yubordik, bizga jismoniy kuch etishmadi. Shundan so‘ng “Valensiya” ko‘proq to‘pni nazora qila boshladi. Yakunda esa ular bizni jazolashdi.

Natija juda yomon bo‘ldi va adolatsiz bo‘ldi. Biz zo‘r o‘ynadik va raqibga g‘alabani sovg‘a qildik”, - deydi Kalexa.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 18 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!