Vinisius “Barsa” yulduziga nega qo‘ng‘iroq qildi?
“Real” hujumchisi Vinisius Juniyor yaqinida ashaddiy raqib – “Barselona” futbolchisiga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan bog‘langani ma’lum bo‘ldi.
AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik mashhur hujumchi kataloniyaliklarning urugvaylik himoyachisi Ronald Arauho ga, u ruhiyati bilan bog‘liq muammolar sabab o‘yinlarni o‘tkazib yuborayotgan paytda qo‘ng‘iroq qilib unga qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlar aytgan va holidan xabar olgan.
Garchi “Real” va “Barselona” har tomonlama printsipial raqiblar hisoblansa-da, Vinisiusning Arauho ga ko‘rsatgan munosabati har ikki klub muxlislari tomonidan ijobiy qabul qilindi.
Ma’lumki, Ronald Arauho ruhiy tushkinlikka tushib qolib, bir necha oy davomida futboldan uzoq yurishiga to‘g‘ri keldi va bir necha uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar