Vinisius ikki superklubdan taklif oladi

  • 29.06.2026 18:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» hujumchisi Vinisius Juniornig klubdagi kelajagi hamon so‘roq ostida qolmoqda.

ElNacional.cat nashrining ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» va «Pari Sen-Jermen» jahon chempionatidagi ajoyib o‘yinlaridan keyin braziliyalik futbolchi uchun transfer taklifini tayyorlamoqda.

Manchesterliklar uni 120 million yevroga sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «PSJ» esa Vinisiusni «Real» bilan amaldagi shartnomasini oxirigacha bajarishga ko‘ndirib, 2027 yil yozida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

«Real» rahbariyati Vinisiusga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganidan xavotirda. Yaqinda klub braziliyalik yulduzga maoshi oshirilgan yangi taklifni berdi. Futbolchi haligacha yangi shartnomani imzolamagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!