Vinisius JCh favoritlarini sanadi. Ular orasida Braziliya yo‘q
Madridning "Real" klubi qanot hujumchisi Vinisius Zhunior jahon chempionati - 2026 oldidan eng kuchli terma jamoalarni sanab o‘tdi. Braziliyalikning so‘zlariga ko‘ra, bunday terma jamoalar qatoriga Argentina, Frantsiya, Ispaniya va Portugaliya kiradi.
"Jahon chempionati oldidan eng yaxshi jamoalar? Ular ko‘p. Menga Portugaliya, Ispaniya, Frantsiya va Argentinaning o‘yini yoqadi. Bu to‘rt jamoa eng yaxshi, ular so‘nggi jahon chempionatidan beri deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda", - deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra X ijtimoiy tarmog‘ida.
Jahon chempionati - 2026 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. JChning amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
Fikrlar