Vinisius, Mbappe va Bellingemni “Real”da nimalar kutyapti?
“Real” xўjayini Florentino Peres jurnalistlarning jamoa yulduzlari – vinger Vinisius Zhunior, hujumchi Kilian Mbappe va yarim himoyachi Jud Bellingemning kelajagi haqidagi savoliga javob berdi.
- Mbappe ham dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Qayd etayotgan statistikasiга qarashning oʻziyоq uning qanchalik ajoyib futbolchi ekanini tushunish uchun yetarli. Bunday fenomenal futbolchining maqomiga hech kim shubha qilmasligi kerak. U bizga katta foyda keltiradi va “Real”da ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonaman.
- Biz Mbappe, Vinisius va Bellingemni asosiy tarkibda koʻramizmi?
- Gap favqulodda mahoratli futbolchilar haqida ketmoqda. Bu har qanday yirik klub oʻz safida koʻrishni istaydigan oʻyinchilar. Ular bizda ekani – katta baxt. Albatta, ular “Real”da qoladi, - dedi Peres. Uning soʻzlarini AS nashri keltirgan.
Oʻtgan mavsumda Vinisius klub safida barcha musobaqalarda 53 ta oʻyin oʻtkazib, 22 ta gol va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Mbappe hisobida 44 ta oʻyin, 42 ta gol va 7 ta assist mavjud. Bellingem esa 40 ta oʻyinda qatnashib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.

Fikrlar