Vinisius mundialdan keyin yuzini plastik operatsiya orqali o'zgartirdi
Braziliya milliy terma jamoasi va Madriddning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Zhunior iyagini tuzatish bo‘yicha kosmetik muolajani o‘tkazdi. Bu haqida TMK xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi Goyaniya shahridagi klinikalardan birida iyak garmonizatsiyasi, deb ataluvchi muolajani qildirgani. Muolaja Vinisius 2026 yildagi jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlab, Virjiniya bilan birgalikda Evropaga ta’tilga jo‘nab ketganidan keyin amalga oshirilgan.
Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi 1/8 finalda Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi.
Shundan keyin Vinisius dam olishga chiqdi va keyinchalik tashqi ko‘rinishiga o‘zgartirish kiritishga qaror qildi.
“Real” yangi mavsumdagi birinchi rasmiy uchrashuvini 22 avgust kuni mehmonda “Espan’ol”ga qarshi Ispaniya chempionati doirasida o‘tkazadi.

Fikrlar