Vinisius Neymarni quvyapti
Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Real” fubolchillari Fransiyaning “Monako” jamoasi bilan kuch sinashib, raqibni 6:1 hisobida taslim qildi.
Madridliklarning gollaridan birini Vinisius Zhunior urdi.
Bu 25 yoshli futbolchining qit’aning eng nufuzli musobaqasidagi 30-goli sifatida qayd etildi. Shu tariqa, Vinisius Yevropa Chempionlar ligasida eng ko‘p to‘p kiritgan braziliyalik o‘yinchilar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsa, Vinisius ilgari “Milan” safida o‘ynab, Chempionlar ligasida 30 ta to‘p kiritgan hamyurti Kakaga yetib oldi.
Birinchi o‘rinda esa, “Barselona” va PSJ safida Chempionlar ligasida jami 43 ta gol muallifi bo‘lgan Neymar turibdi.
Vinisius Zhuniorning har ikki raqobatchisi ham Yevropa Chempionlar ligasidagi ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish imkoniga ega emas. Demak, “Real” hujumchisi braziliyalik to‘purarlar rekordini yangilashi mumkin.
Fikrlar