Vinisius "Osasuna"ga gol urgach nega yig‘ladi?
"Real" Madrid klubi vingeri Vinisius Junior kecha La Liganing 6-turidan o‘rin olgan "Osasuna"ga qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol etgach nega yig‘lab yuborganini izohladi:
“Mavsum boshida jarohatlar sabab turli qiyinchiliklarga duch keldim. Gol urganimdan keyin yana jamoaga qaytganimni his qildim va yig‘lab yubordim. "Santyago Bernabeu"da o‘ynash menga yoqadi”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Ta’kidlash kerakki, Vinisius garchi yaxshi vaziyatlar bo‘lganiga qaramay fevraldan buyon gol ura olmay kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Vinisiusni 2018 yil 45 mln evroga sotib olgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar