Vinisius "Real" muxlislarining xushtakbozliklari haqida: "Baribir tushunmayapman..."

  • 21.01.2026 20:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Zhunior muxlislar tomonidan klub futbolchilarining hushtakbozligi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Avvalroq, La Liganing 20-turidan o‘rin olgan "Levante"ga (2:0) qarshi o‘yinda Vinisiusga tribunadan hushtak chalingan edi.

"Juda xafa bo‘ldim. O‘zimni juda qulay his qiladigan uylarda hushtak chalishlarini xohlamayman. So‘nggi bir necha o‘yinda o‘zimni bunday his qilmagandim. Har gal yomon o‘ynaganimda, biror nojo‘ya ish qilganimda hushtakbozlik qilishardi. Albatta, bunga ularning haqqi bor. Ular chipta uchun katta pul to‘lashadi. Baribir tushunmayapman... Ammo men bu klub uchun kurashni davom ettirish uchun shu yerdaman", - deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Kecha, 20 yanvar kuni Madrid klubi UEFA Chempionlar ligasining 7-turidan o‘rin olgan "Monako"ga qarshi bahs olib bordi va 6:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Vinisius Zhunior bitta gol va uchta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!