Vinisius "Real"dagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

  • 3 fevral, 2023, 12:49
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yulduzi Vinisius Junior Ispaniya La Ligasi 17-turidan o‘rin olgan "Valensiya"ga qarshi qoldirilgan uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, braziliyalik vinger "qaymoqranglilar" libosidagi o‘yinlari sonini 200 taga etkazib oldi. Shulardan 136 tasi mamlakat chempionati, 40 tasi Evropa Chempionlar ligasi, 16 tasi Ispaniya kubogi, 6 tasi Ispaniya Superkubogi, 2 tasi UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga to‘g‘ri keladi.

Bu bahslarda Vini o‘z hisobiga 49 tadan gol hamda assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Uning transfer bahosi 120 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!