Vinisius "Real"dan ketishi mumkin
"El Chiringuito" jurnalisti Xosep Pedrerol "Real" va Vinisius Juniyor oʻrtasidagi yangi shartnoma boʻyicha vaziyat haqida maʼlumot berdi.
"Real" Vinisius bilan shartnomani faqat u oʻz talablarini pasaytirsa uzaytiradi. Aks holda, u jamoani tark etadi", — dedi Pedrerol.
Eslatib oʻtamiz, braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha moʻljallangan.
Shuningdek, futbolchining oʻzi ancha vaqtdan buyon "Real Madrid"da qolishni rejalashtirayotganini va kelajagini shu jamoada koʻrayotganini taʼkidlab keladi.

Fikrlar