Vinisius "Real"ga "Liverpul" futbolchisini olib kelishni xohlamoqda
"Real" hujumchisi Vinisius Zhunior klub rahbariyatini Angliya chempionatida toʻp surayotgan top yarim himoyachilardan birini jamoaga olib kelishga undamoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, braziliyalik futbolchi "Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslayning "qaymoqranglilar" safini toʻldirishini istamoqda. "Transfer News Live" nashri "Defensa Central" manbasiga tayanib xabar berishicha, Vinisius Soboslayni "Real" uchun ideal futbolchi deb hisoblaydi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida vengriyalik futbolchi ham kelajakda "Real"da oʻynashni orzu qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, Vinisius Soboslai bilan yaxshi munosabatda ekanini ham aytgan.
Qayd etilishicha, 25 yoshli Dominik Soboslayning transfer qiymati Transfermarkt portaliga koʻra 85 million yevroni tashkil qiladi.
Fikrlar