Vinisius: "Ronalduni bilan bir jamoada o'ynay olmaganimdan afsusdaman"

  • 16.02.2026 19:17
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" vingeri Vinisius Zhunior Krishtianu Ronaldu bilan birga oʻynashni orzu qilganini tan oldi.

Braziliya terma jamoasi va Madriddning "Real" klubi futbolchisi Vinisius Zhunior Krishtianu Ronaldu "qirollik klubi"ni tark etganidan soʻng uning oʻrniga olib kelingan edi. Futbolchi oʻz intervyusida Ronaldu bilan birga oʻynay olmagani haqida gapirdi.

"Afsuski, menga Krishtianu bilan birga oʻynash nasib qilmadi. Aynan men "Real"ga kelganimda u jamoadan ketgani juda achinarli boʻldi. Ammo men boshqa buyuk futbolchilar bilan bir klub sharafini himoya qildim, shuning uchun shikoyat qilishga hojat yoʻq. Jamoadoshlarim Karim Benzema, Luka Modrich - ular ham juda zoʻr futbolchilar", - dedi Vini.

Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2023 yildan buyon "An-Nasr" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!