Vinisius yarim yo‘lda qolib ketdi! Yamal nafratlarga nishon bo‘ldi
Ispaniyaning irqchilik va ksenofobiya masalalarini tadqiq qiluvchi observatoriyasi (OBERAXE) ijtimoiy tarmoqlardagi irqchilik toifasidagi har o‘nta haqoratli postlar va kommentlarning oltitasi “Barselona” yulduzi Lamin Yamalga qaratilganini ma’lum qildi.
El País nashrining yozishicha, irqchilikni namoyon etgan barcha postlarning 60 foizida Lamin Yamal nishon qilib olingan. Ispaniyalik futbol bu borada turli mojarolar markazida yuradigan “Real”ning braziliyalik legioneri Vinisius Juniordan ham o‘tib ketdi.
Lamin Yamalga bo‘layotgan anlayn-hujumlar futbolchining “Oltin to‘p” taqdimot marosimiga borganidan boshlab kuchayib ketdi. Parijdagi tadbir davomida 18 yoshli futbolchini “noqonuniy immigrant”, deb tahqirlagan akkauntlar ko‘paydi.
Irqchilik va insonning kelib chiqishi, millati, rang-ro‘yi va diniy e’tiqodlariga qarab tahqirlash holatlari futbolda tez-tez uchrab turadigan muammolardan hisoblanadi.
Lamin Yamalning o‘zi Ispaniyada tug‘ilganiga va shu mamlakat fuqarosi bo‘lganiga qaramay, uning kelib chiqishi Afrika, xususan, Marokashga borib taqaladi.



Fikrlar