
Vinisius yoki Asensio? Zidan kimni "qurbon" qiladi?
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar nihoyat jarohatidan forig‘ bo‘ldi va maydonga qaytish arafasida turibdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchi aprel oyi boshidan buyon umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. U hech qanday cheklovlarsiz to‘laqonli shug‘ullanmoqda.
Hozir "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan oldida qiyin tanlov turibdi. Chunki frantsiyalik mutaxassis Azarni maydonga tushirish uchun Vinisius Junior yoki Marko Asensiodan birini zaxiraga olishi kerak. Katta ehtimol bilan “qurbon” braziliyalik futbolchi bo‘lishi mumkin. Boisi Azar chap qanotda o‘ynashni yaxshi ko‘radi.
Eden Azar joriy mavsumning katta qismini davolanish bilan o‘tkazib yubordi. U bu mavsum bor yo‘g‘i 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar