
Vinisiusni haqorat qilgan muxlislar uzoq muddatga qamalishi mumkin
Vinisiusni haqorat qillgan "Atletiko" muxlislari ustidan sud kelasi hafta bo‘lib o‘tadi.
2023 yilda Ispaniya kubogining 1/4 finali doirasidagi "Real Madrid" - "Atletiko" o‘yini oldidan ko‘priklarning birida "Madrid "Real"dan nafratlanadi" degan shior, shuningdek, Vinisius Junior raqami tushirilgan "Real" libosini kiygan qo‘g‘irchoq ham bor edi.
Madrid prokuraturasi "Frente Atletico" guruhining to‘rt nafar a’zosining har biriga 4 yillik qamoq jazosini talab qildi. Shuningdek, ulardan futbolchiga etkazilgan ma’naviy zarar uchun 6 ming evro miqdorida tovon puli undirilishi mumkin.
19 may, dushanba kuni ushbu ish bo‘yicha sud majlisi o‘tkaziladi. Prokuratura xulosasida ta’kidlanishicha, ayblanuvchilar o‘z xatti-harakatlarini "jabrlanuvchining teri rangiga nisbatan ochiq-oydin nafrat va norozilik belgisi sifatida hamda uning ruhiy xotirjamligiga putur etkazish maqsadida" sodir etishgan.
"Real"ning braziliyalik futbolchisi sud majlisiga guvoh sifatida taklif etildi.
Fikrlar