Vinisiusni “Real”dan yo‘qotishmoqchi
Vinisius Juniornig “Real Madrid”dagi kelajagi klub rahbariyati oʻzgarqan taqdirda savol ostida qolishi mumkin.
Rodra nashri xabariga koʻra, prezidentlikka nomzod Enrique Rikelmega yaqin manbalar uning atrofidagilar Vinisiusni transferga qoʻyish imkoniyatini koʻrib chiqayotganini bildirishgan.
Rikelmening oʻzi bu haqida rasmiy bayonot bermagan.
Avvalroq u saylovda gʻalaba qozonsa, “Manchester Siti”dan Erling Holand va Rodrini “Real”ga olib kelishga vaʼda bergan edi.
Biroq bunday yirik loyihani amalga oshirish uchun klub amaldagi yulduzlardan biri bilan xayrlashishiga toʻgʻri kelishi mumkin.

Fikrlar