Vinisiusning golsiz o‘yini 15 taga etdi
"Real" Chempionlar Ligasining so‘nggi o‘yinida o‘z uyida "Manchester Citi" bilan bahs olib bordi 1:2 hisobida yutqazdi, Rodrigo Madrid jamoasining yagona golini urdi.
"Shaharliklar"ga qarshi uchrashuv Vinisiusning barcha musobaqalarda (shu jumladan, xalqaro maydondagi) ketma-ket 15-golsiz o‘yini bo‘ldi. U so‘nggi marta 10 oktyabr kuni Braziliya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida (5:0) gol kiritgan edi.
Bu mavsumda Vinisius "qirollik klubi" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar