Virjil van Deyk kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 7 yanvar, 14:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning etakchi himoyachisi Virjil van Deyk shartnomasini uzaytirish haqidagi savollarga javob berdi. 
 
“Men hozirda bor e’tiborimni o‘yinimga va klubimga qaratganman. Shu bilan birga barcha chempionatlarda muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Agarda shartnomamni uzaytirishim haqida so‘rasangiz, men bundan xotirjamman deb javob beraman. Biz hali klub bilan bu masalani muhokama qilmadik” – dedi niderlandiyalik himoyachi. 
 
Mazkur fulbekka bir necha kun oldin esa Madridning "Real" klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 
 
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli markaziy himoyachi 2017 yilning qishki transferlar oynasida “Sautgempton” klubidan mersesaydliklar safiga kelib qo‘shilgan edi. Ushbu payt mobaynida 295 ta uchrashuvda ishtirok etib, 25 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!