Virjil Van Deyk: Liga kubogi qalbimda alohida o‘rin egallaydi

  • 23.09.2025 17:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" sardori Virjil Van Deyk Liga kubogi, va "Sautgempton"ga qarshi o‘yin haqida gapirdi.

Tecno

"Liga kubogi doimo qalbimda alohida o‘rin egallaydi. Shaxsan men uchun 2022 va 2024 yillarda "Uembli" stadionida "Chelsi"ni mag‘lub etganimizdagi hissiyotlarni xech qachon unutmayman. Bu kunlar faoliyatim davomidagi eng yaxshi onlardan biri edi.

Albatta, o‘tgan mavsum finalida "Nyukasl"ga yutqazgan vaqtimiz biroz tushkun holatda qoldik. Biroq bu mavsumda hammasi boshqacha bo‘ladi. Sobiq klubim "Sautgempton"ga qarshi o‘yinni intizorlik bilan kutyapman",
- deydi niderlandiyalik himoyachi.

Ma’lumot uchun, Liga kubogining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Liverpul" va "Sautgempton" uchrashuvi 23 sentyabr tungi soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!