Vitaliy Denisov "So‘g‘diyona" bilan shartnoma tuzdi!

  • 19.07.2022 10:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi kuni kecha tajribali futbolchi Vitaliy Denisovni taklif qilgani haqidagi xabar bir zumda barchaning e’tiborini tortgani rost.

35 yoshli futbolchi muzokaralardan keyin Ulug‘bek Baqoev qo‘l ostida “So‘g‘diyona” sharafini himoya qilishga rozi bo‘ldi. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Denisov klub bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. Kecha Jizzaxda rasmiyatchilik ishlari hal qilindi.

TsSKA, “Dnepr”, “Lokomotiv”, “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Rotor”, “Tom” va “Baltika” klublaridagi faoliyatidan so‘ng Denisov nihoyat O‘zbekistonga qaytishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!