Vitaliy Levchenko Qozog‘iston klubini boshqarishi mumkin
"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkogo Qozog‘istonning hali nomi ochiqlanmagan klubi tomonidan aniq qiziqish bildirilgan. Bu haqda Aziya-Sport Telegram kanali xabar berdi.
Levchenko farg‘onaliklarni 24 yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikka olib chiqib, Yuriy Sarkisyandan keyin bu natijani qo‘lga kiritgan ikkinchi murabbiyga aylandi. Shuningdek, u avval "Istiklol" bilan ham Tojikiston chempionligini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, Vitaliyning "Neftchi" bilan amaldagi shartnomasi bir necha kun ichida yakunlanadi.
Fikrlar