Vitinya: "Ikkinchi o‘rin bizga yoqmaydi, lekin mavsumni yaxshi boshladik"

  • 04.12.2025 22:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

PSJ yarim himoyachisi Vitinya jamoaning joriy mavsumdagi ishtirokini baholadi.

"Mavsumni yaxshi boshladik. Albatta, ligada ikkinchi o‘rindamiz va bu bizga yoqmaydi. Har doimgidek, birinchi bo‘lishni istaymiz. Lekin mavsum boshiga bir necha omillar ta’sir qildi: o‘tgan mavsum oqibatlari, qisqa tanaffus, charchoq, jarohatlar soni va eng muhimi — birorta o‘yinni optimal tarkibda o‘tkazmaganimiz.

Mavsum boshiga ta’sir qiluvchi jihatlar ko‘p. Shularni, shuningdek, Chempionlar ligasi va chempionatdagi holatimizni inobatga olsak, bu yaxshi start deb o‘ylayman. Albatta, ikkinchi o‘rin bizga yoqmaydi va birinchi o‘ringa qayta chiqish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz", — dedi Vitinya.

Parijliklar Liga 1da 30 ochko to‘plab, jadvalda 2-o‘rinni egallab turibdi. Ular peshqadam "Lans"dan bir ochko orqada. Chempionlar ligasida esa frantsiyalik klub 12 ochko bilan umumiy bosqichda 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!