Vodiy derbisiga oz qoldi yoxud "Turon" - "Andijon" bahsi oldidan

  • 20 noyabr, 2023, 23:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliganing 25-turidagi dastlabki o‘yin sifatida boshlanadigan “Turon” – “Andijon” bahsi tabiiyki vodiy derbisi maqomida.

Tecno

“Turon” – “Andijon” o‘rtasida Superligadagi qarama-qarshilik 2021 yilgi mavsumda boshlangan. Ilk to‘qnashuvda Andijonda 1:1 hisobi kuzatilgan. Ikkinchi davradagi uchrashuvda esa mezbonlarning qo‘li baland kelgan – 1:0. Joriy yilning birinchi davrasidagi bahs Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazilgan va undan “Andijon” 2:1 hisobida raqibidan ustun kelgan. To‘plar nisbati 3\3 tenglik.

Navbatdagi o‘yin esa ushbu jamoalarning Superligadagi 4-to‘qnashuviga aylanadi. Bilasiz, “Turon” ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda, “Andijon” esa chempionatni yanada yuqori o‘rinlardan birida yakunlash niyatida. Muxlislar Yaypanda qiziqarli va keskin uchrashuv guvohiga aylanadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
21/11/2023 04:45
Турон олга.