Asosiy mazmunga oʻtish

"Vulverxempton" "Marsel" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

"Bo'rilar" mavsum oxirigacha ijara uchun 1 million yevro to'laydi

Angliya Premier-ligasining eng soʻnggi pogʻonasini egalab turgan "Vulverxempton" "Marsel" yarim himoyachisi Anxel Gomesni ijarga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano xabar bermoqda.

"Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi boʻlgan ingliz futbolchisi joriy mavsum boshidan beri Fransiyaning "Marsel" klubida oʻynab kelmoqda. Manbaga koʻra, "bўrilar" mavsum oxirigacha moʻljallangan ijara uchun 1 million yevro toʻlaydi. Ushbu kelishuvdan 7 million yevrolik sotib olish imkoniyati ham mavjud.

Eslatib oʻtamiz, Gomes bu mavsumda fransuz klubi safida barcha musobaqalarda 20 ta oʻyinda maydonga tushib, toʻrtta gol urgan va bitta golli uzatma bergan. Shuningdek, u milliy terma jamoasi safida toʻrt marta oʻynagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q