VXL. Bugun "Humo" o‘ynaydi
Shahzod
Bugun Oliy Xokkey ligasi (VXL) muntazam chempionatida navbatdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida tolyattining "Lada" klubini qabul qiladi. Bugungi bellashuv oldidan "Humo" hisobida 32 ochko mavjud va Evgeniy Popixin shogirdlari musobaqa jadvalining 7-pog‘onasidan joy olishgan.
42 ochkosi bor toyattiliklar esa 4-o‘rindan joy olishgan. Ma’lumot uchun, bugungi uchrashuv soat 19:30 da start oladi.

Izohlar (0)