VXL. Bugun "Humo" o‘ynaydi
Shahzod
Bugun Oliy xokkey ligasi (VXL) - Buyuk ipak yo‘li kubogi muntazam chempionatida navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Toshkentning "Humo" jamoasi safar uchrashuvlari seriyasidan o‘rin olgan uchinchi bahsini Tambov shahrida shu nom ostidagi jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.
Ma’lumot uchun, "qanotlilar" birinchi konferentsiyada 45 o‘yindan so‘ng 51 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 7-o‘rnini egallab turibdi. "Tambov" hisobida esa 45 ochko mavjud va ular jadvalning 10-pog‘onasidan joy olishgan.

Izohlar (0)